«paralimpiya o‘yinlari» tegli maqolalar


Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga $200 ming mukofot puli beriladi
14 fevral 2022, 18:06

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga $200 ming mukofot puli beriladi

Prezident qarori bilan Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar oltin medal uchun — 200 ming dollar, kumush medal uchun — 100 ming dollar, bronza medal uchun — 50 ming dollar miqdoridagi pul bilan mukofotlanadi.

Parijdagi Olimpiada va Paralimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi
9 noyabr 2021, 14:32

Parijdagi Olimpiada va Paralimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi

2024 yilgi Parij Olimpiadasi va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarda o‘zbekistonlik sportchilar uchun 26 sport turi bo‘yicha 103 ta litsenziya olish ko‘zda tutilgan. Ushbu o‘yinlarda birinchi marta erkaklar va ayollar o‘rtasida teng miqdordagi litsenziyalar taqsimlanadi. MOQga Olimpiadada ishtirok etish uchun ariza topshiradigan sportchi ayollar sonini ko‘paytirish topshirildi.

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm hokimlari Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlarini mukofotladi
15 sentabr 2021, 11:28

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm hokimlari Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlarini mukofotladi

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari rahbarlari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni avtomashina va uy bilan mukofotladi. Avvalroq, sportchilarga prezident sovg‘asi ham topshirilgan edi.

Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar kutib olindi (foto)
7 sentabr 2021, 10:17

Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar kutib olindi (foto)

6 sentyabr kuni Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi kutib olindi. «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida sportchilarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Paralimpiadada sovrindor bo‘lgan sportchilarga prezident sovg‘asi — uy hamda avtomobillar topshirildi (foto).

Paralimpiada-2020. Safiya Burxanova oltin medalni qo‘lga kiritdi
3 sentabr 2021, 09:57

Paralimpiada-2020. Safiya Burxanova oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik para-yengil atletikachi Safiya Burxanova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Paralimpiada-2020. Shohsanam Toshpo‘latova bronza medal sohibi bo‘ldi
30 avgust 2021, 17:08

Paralimpiada-2020. Shohsanam Toshpo‘latova bronza medal sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik para-suzuvchi Shohsanam Toshpo‘latova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa mazkur Paralimpiya o‘yinlaridagi medallarimiz 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar bitta oltin va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi
30 avgust 2021, 10:11

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar bitta oltin va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik para-yengil atletikachi Boburjon Omonov Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni, yana bir para-yengil atletikachi Nurxon Qurbonova bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Paralimpiada-2020. Sharif Halilov bronza medali sohibi bo‘ldi
29 avgust 2021, 14:05

Paralimpiada-2020. Sharif Halilov bronza medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik para-dzyudochi Sharif Halilov bronza medali sohibi bo‘ldi. U bundan avval London-2012 Paralimpiadasida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Paralimpiada-2020. Asila Mirzayorova kumush medal sohibi bo‘ldi
27 avgust 2021, 11:09

Paralimpiada-2020. Asila Mirzayorova kumush medal sohibi bo‘ldi

Para-yengil atletikachi Asila Mirzayorova Tokioda bo‘lib o‘tayotgan yozgi Paralimpiada musobaqalarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Tokio-2020: Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdori o‘zgardi
24 avgust 2021, 11:55

Tokio-2020: Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdori o‘zgardi

Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida parakanoechi Shahnoza Mirzayeva va yengil atletikachi Muxammad Rexsimov O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘ladi. Avvalroq, yengil atletikachi Nurxon Qurbonova bayroqdor bo‘lishi aytilgan edi.

Paralimpiya ochilishida O‘zbekiston bayroqdorlari nomi e’lon qilindi
21 avgust 2021, 18:11

Paralimpiya ochilishida O‘zbekiston bayroqdorlari nomi e’lon qilindi

Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida yengil atletikachilar Muhammad Rexsimov va Nurxon Qurbonova O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘ladi.

Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi
19 avgust 2021, 11:25

Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi

Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 48 nafar sportchi himoya qiladi. O‘zbekistonlik sportchilar 8 ta sport turi bo‘yicha kurash olib boradilar — eng ko‘p sportchilar para-yengil atletika va para-suzishda (sportchilarning to‘liq ro‘yxati).

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashadigan Toshkent viloyatilik sportchilarga mukofotlar topshirildi
5 iyul 2021, 13:33

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashadigan Toshkent viloyatilik sportchilarga mukofotlar topshirildi

Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan bir guruh Toshkent viloyati sportchilariga uy, Spark rusumli avtomobillar hamda pul mukofotlari topshirildi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev musobaqadan oldin sportchilarning kayfiyatini ko‘tarish kerakligi haqida aytgan edi. “Qancha ularni e’tirof etsak ularda g‘alabaga ehtiyoj paydo bo‘ladi”, — degan edi prezident.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga $200 ming beriladi
25 iyun 2021, 16:45

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga $200 ming beriladi

Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Prezident qaroriga ko‘ra, oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming va bronza medal uchun 50 ming AQSh dollari beriladi.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi
4 may 2021, 11:57

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi

Yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilar va ularning trenerlariga bir martalik pul mukofotlari beriladi. Bundan taqshari, nufuzli musobaqalar g‘oliblari uchun 5 mlndan 7 mln so‘mgacha bo‘lgan stipendiyalar joriy etiladi. Bu boradagi taqdimot dushanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan.

Prezident Olimpiadaga tayyorgarlikni qoniqarsiz deb baholadi
4 may 2021, 09:15

Prezident Olimpiadaga tayyorgarlikni qoniqarsiz deb baholadi

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni tanqid qildi. U yo‘llanmalar sonini oshirish uchun sportchilar va ularning jamoalarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting